QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Dabusiya

Дабусия · Dabusiya Settlement

Samarqand viloyati

Tavsif

Dabusiya (Dabusqalʼa) — arxeologik yodgorlik. Zarafshonning oʻng qirgʻogʻida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin sh.dan 7 km shim.-gʻarbda joylashgan. Ark keng xandaq va shahriston bilan oʻralgan, atrofi rabod dan iborat. Antik davr qadahlari, ilk oʻrta asrlarga mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar, tangalar, shisha idishlar va b. narsalar topilgan. VI—VII asrlarda Buyuk ipak yoʻlida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi Soʻgʻdda koʻtarilgan qoʻzgʻolon paytida. D.da 10 ming kishilik garnizon boʻlgan. IX—XII asrlarda Samarqanddan Buxoroga boradigan „shoh yoʻli“da D. Soʻgʻdning yirik shahri hisoblangan. XIII asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 15—XVIII asrlarga oid tarixiy manbalarda qalʼa sifatida eslatib oʻtilgan. XIX asrda Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qalʼasiga aylangan. Ark oʻrnida bek qalʼasi joylashgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Dabusiya · QAYERGA BORAMIZ?