Дишан - Кала
Xorazm viloyati
Rasm: Vano111ru · CC BY-SA 4.0
Tavsif
Dishan qalʼa – Xivaning rabod qismi. 1842-yilda Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor bilan oʻratgan. Qurilishga koʻp aholi jalb qilinib, qalʼa 3 yilda bitkazilgan. Dishan qalʼada 10ta darvoza boʻlgan: Hazorasp (Qoʻy), Pishkanik, Bogʻi shamol, Shayxlar, Tozabogʻ, Shohimardon, Doshoyoq, Qoʻsh, Gadoylar va Gandumiyon. Dishan qalʼaning bosh koʻchalari Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohi rui jahon, Toʻrt Shabboz, Abdolbobo majmualari kabi koʻpgina obidalar saqlanib qolgan. Dishan qalʼada hozir maʼmuriy va maishiy binolar, xiyobonlar barpo etilgan.
WikipediaXarita
O‘xshash joylar
Xorazm viloyati· 712 m
Ota darvoza – Ichan qalʼaning gʻarbiy darvozasi. Olloqulixon hukmronligi davrida qurilgan (1828—29). Shermuhammad ota nomi bilan ham…