QAYERGA
BORAMIZ?
Boshqa qiziqarli joylar

Govkushon majmuasi

Ансамбль Ходжа-Гаукушан

Buxoro viloyati

Tavsif

Govkushon majmuasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik Joʻybor xojalari qurdirgan Madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat majmua. Madrasa va masjidning oʻrtasidan Shoxrud arigʻi oʻtgan. 1930-y.larda hovuz koʻmib tashlangan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana bor. Peshtogʻi gʻarbda. Ravoq ustidagi qanosi oʻsimliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, oʻngda xonaqohmasjid (darsxona) bor. Oʻrtadagi hovli ning toʻrt tomoni hujralar bilan oʻralgan. Xoʻja masjidi kirish peshtogʻi, hovli atrofi gʻishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora ga masjid tomidagi ravoqli koʻprik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi gʻishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bagʻishlaydi.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Govkushon majmuasi · QAYERGA BORAMIZ?