QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Kampir Tepa, ancient city (remains of)

Кампыртепа

Surxondaryo viloyati

Tavsif

Kampirtepa — qad. shahar harobasi. Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. K. 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200–250 m. Qalʼa ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan boʻlib, xandaq bilan oʻralgan. Ark qalʼaning markaziy qismida joylashgan, jan. tomondan uning bir kismini suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, jan.-sharqiy burchagida darvozasi boʻlgan. Ark xom gʻishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor bilan qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq bilan oʻrab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun moʻljallangan xonalar joylashib, ular oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan 4 ta yirik blokni tashkil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari majmuasi bilan band. Uning shim. gʻarbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipidagi 10 dafn inshooti joylashgan boʻlib, ular hajmi 33—34—35 X 33—34—35 X 13—14 sm lik kvadrat shakldagi xom gʻishtdan terilgan. Shar-qiy qismda yana bir dafn inshooti boʻlib, uning tarhi toʻrtburchak, shim.dan jan.ga tomon choʻzilib, uz. 66,5 m, kengligi 3—4,2 m boʻlib, bir-biridan yoʻlaklar bilan ajratilgan uchta binodan iborat. K.ning mana shu qismidan tarhi aylana shaklda boʻlgan xumdon topilgan. K.dagi hayot uchta asosiy davrga boʻlinadi: B i r i n ch i davr — K.ning jan. qismida, boʻlajak ark oʻrnida qalʼaning vujudga kelishi; Yunon-Baqtriya podsholigi davriga oid turar joilarning katta qismini Amudaryo suvi yuvib ketgan. Ikkinchi davr — ark oʻrnida hayot qisman jonlana boshlagan. Uchinchi davr — K.ning yuksalgan davri, mustahkam qalʼa bunyod etilishi, uning tizimining shakllanishi. K.dan koʻplab sopol idishlar, bezak buyumlari, haykalchalar va b. topilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Kampir Tepa, ancient city (remains of) · QAYERGA BORAMIZ?