QAYERGA
BORAMIZ?
Tabiat va tog‘lar

Katta Chimyon

Большой Чимган · Greater Chimgan

Toshkent viloyati

Tavsif

Katta Chimyon toʻgi – Chotqol tizmasining bir qismi boʻlgan juda katta gumbazsimon togʻ tizmasi. Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida, Toshkentdan 80 km sharqda joylashgan. Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasining tarkibiga kiruvchi ulkan gumbazsimon massiv. Eng baland joyi – Katta Chimyon choʻqqisi boʻlib, dengiz sathidan 3309 m balandlikda joylashgan. Chimyonsoy vodiysini janubidan oʻrab turadi. Paleozoy orogenetik jarayonida burmalanib granit, granodiorit, diorit, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit, siyenitli diorit, gabbro kabi intruziv jinslar va ohaktosh hamda qumtoshlardan tuzilgan. Relyefi kuchli darajada parchalangan. Yon bagʻirlar oʻrtacha 25—35°, baʼzi joylarida 45° va undan ortiq qiyaliglari mavjud. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon choʻzilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Katta Chimyon · QAYERGA BORAMIZ?