QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Sheikh Mukhtar Vali

Xorazm viloyati

Rasm mavjud emas

Tavsif

Shayx Muxtor Valiy maqbarasi – Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Xorazm viloyatidagi eng katta ziyoratgohlardan biri. Katta va kichik xona hamda goʻrxonadan iborat. Katta xonaning toʻrt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida ikkita goʻrxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi har xil toʻrtburchak gʻishtlardan qurilgan. Yogʻoch oʻymakorligi bilan nafis bezatilgan toʻrtta eshik saqlanib qolingan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806—1825)da taʼmir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Sheikh Mukhtar Vali · QAYERGA BORAMIZ?