Tarixiy maskanlarSamarqand viloyati· 15 m
Sakkiz yoqli maqbara — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand meʼmorligiga xos boʻlmagan uslubda, 8…
Мавзолей Шади-Мульк-Ака · Shodi Mulk Oko
Samarqand viloyati
Rasm: Marmontel · CC BY 2.0
Turkan ogʻo maqbarasi, Shodimulk ogʻo maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (1370—71)ga atab qurdirgan. 1383-yilda Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-yilda ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada XIV—XV-asrlardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.
Wikipedia
Tarixiy maskanlarSamarqand viloyati· 15 m
Sakkiz yoqli maqbara — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand meʼmorligiga xos boʻlmagan uslubda, 8…
Samarqand viloyati· 19 m
Tugʻlu tekin maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1376). Shohizinda ansamblining oʻrta qismida. Shaharning qad. devoriga taqab,…
Samarqand viloyati· 35 m
Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik ; Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va…
Samarqand viloyati· 47 m
"Nomaʼlum-1" maqbarasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik, Shohi Zinda ansambli tarkibiga kiradi.