QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Teshikkupriktepa

Тешиккуприктепа

Toshkent, Toshkent shahri

Tavsif

Teshikkoʻpriktepa, Eshak koʻpriktepa — V—XIII asr boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh.ning "Hamza" metrosi styasi yaqinida joylashgan. T.ni bir necha marta oʻlkashunos D. D. Bukinich (1930-yillar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-yillar), arxeologlar K. A. Shaxurin va Yu.F. Buryakov (1962-yilda), Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. T. arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga yetadigan ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining maydoni 500x600 m boʻlgan. Ark xom gʻisht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat boʻlib, alohida xonalarga boʻlingan va kalin tashqi devor bilan oʻralgan. Qalʼa markaziy qismidagi binolar 5—VIII asrlarga mansub. Arablar istilosi davrida binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 9— XII asrlarda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. T. Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri boʻlgan. XIII asr boshida butunlay xarobaga aylangan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Teshikkupriktepa · QAYERGA BORAMIZ?