QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Tillаkori madrasasi

Медресе Тилля-Кари · Tillа Kоri Madrasah

Samarqand viloyati

Tavsif

Tillakori madrasasi- Samarqanddagi tilla yalangoyoq madrasa yodgorlik. Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa, hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab „Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi“ deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun „tillakori“ deb yuritila boshlagan. Tilla Kori madrasasidan shahar jome masjvidi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa ga gʻarbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi ning poygumbazi baland, uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga yetkazilmagan. Xonaqoh toʻriga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. Oʻz davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yoʻlak)lar egallagan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Tillаkori madrasasi · QAYERGA BORAMIZ?