Chimqo'rg'on suv ombori
Чимкурганское водохранилище · Chimkurgan reserior
Qashqadaryo viloyati
Tavsif
Chimqoʻrgʻon suv ombori — Qashqadaryoning oʻrta oqimida qurilgan gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyati hududida, Qarshi shahridan 60 km sharqda. Chimqoʻrgʻon suv ombori qurilishi 1958-yilda boshlangan. 1960-yildan doimiy foydalanishga topshirildi. Toʻla sigʻimi 500 mln. m³, foydali sigʻimi 450 mln. m³. Suvi yuzasi sathi 49,2 km², suv ombori oʻzan tipida. Uzunligi 17,5 km, maksimal chuqurligi 30 metr, oʻrtacha chuqurligi 17,2 metr. Qashqadaryo oqimini mavsumiy tartibga solish uchun moʻljallangan. Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va Koson tumanlaridagi 188 ming ga (gektar) yerni sugʻoradi. Chimqoʻrgʻon suv ombori tarkibiga tuproqli toʻgʻon, minorali suv chiqargich, quyi byefda joylashgan chap sohil va oʻng sohil bosh taqsimlagichlari kiradi. Toʻgʻon balandligi 33 metr. Minorali suv chiqargich sugʻorish uchun suv berish va ayni vaqtda ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan.
WikipediaXarita
O‘xshash joylar
Qashqadaryo viloyati· 70 km
Hisorak suv ombori — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda Miroqi shaharchasida joylashdan suv ombori, yirik…
Samarqand viloyati· 95 km
Kattaqoʻrgʻon suv ombori — gidrotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida tabiiy…
Qashqadaryo viloyati· 96 km
Tallimarjon suv ombori — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi sunʼiy suv ombori, yirik gidrotexnika inshooti.…