QAYERGA
BORAMIZ?
Ko‘llar va sharsharalar

Kattaqo'rg'on Suv Ombori

Каттакурганское водохранилище · Kattakurgan reservoir

Samarqand viloyati

Tavsif

Kattaqoʻrgʻon suv ombori — gidrotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv omborio. Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—1951 yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborio.ning asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli toʻgʻon, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941-yilda uz. 4 km, balandligi 28 m tuproqtoʻgʻon koʻtarildi. Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954-yilda loyihada koʻrsatilgan miqdor — 662 mln. m³ ga yetkazildi. Uzunligi 28 km, suv sarfi 45 m³/s suv keltiruvchi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m³/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956-yil suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv oʻtkazish imkoniyati 100 m³/s ga yetkazildi, oʻzani toʻgʻrilanib, kengaytirildi va oʻzanga beton toʻshama yotqizildi. Natijada kanal uz. 21,2 km ga yetdi. Toʻgʻon va quloqlarning rekonstruksiya qilinishi natijasida (1968-yilda) Kattaqoʻrgʻon suv omborio. sigʻimi 900 mln. m³ ga yetkazildi, shundan foydali sigʻimi 840 mln. m³. Suv yuzasi maydoni 79,5 km². Uzunligi 15 km, maksimal eni 10 km, oʻrtacha eni 5,3 km, maksimal chuq. 25 m, oʻrtacha chuq. 11,3 m.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Kattaqo'rg'on Suv Ombori · QAYERGA BORAMIZ?